Hozir, jumladan, mevalarning iishishini to‘xtatib turish masalasiga bag‘ishlangan ishimni tugallayapman. Bu tajriba anchadan beri Amerikada olib borillyapti, bizda ham boshlangan bu ish. Ammo natija hali-hozircha quvontirarli emas. Eshitgan bo‘lsangiz kerak, o‘rik, mandarin, shaftoli, apelsin, behi va shunga o‘xshash mahalliy mevalardan turli xil mahsulotlar tayyorlaydigan janubdagi konserva fab rikalari bir-bir yarim oy qattiq ishlab, yiliga o‘n-o‘n bir oy bekor turishadi. Bunga sabab, mevalarning deyarli bir vaqtda pishishi va ularni birdaniga ishlatishning imkoniyati yo‘qligida. Shuning uchun ham har yili hosilning qariyb o‘ndan to‘qqiz qismi nobud bo‘ladi.

Yiliga o‘n oy bekor turadigan fabrikalar sonini ko‘paytirishning ham foydasi yo‘q. Shu vajdan menga yozda Armanistonga borib, o‘sha yerning o‘zida mevalarning pishishini sun’iy ravishda kechiktirish yuzasidan g‘oyat muhim tajriba o‘tkazish topshirilgan. Tushunyapsizmi? Mevalar hali go‘raligida terib olinadi, keyin zavodlarning ulgurishiga qarab asta-sekin pishib boraveradi. Shunday qilib, zavodlar ishsiz qolmaydi…

Tonyaga qarab duduqlanib qoldim. U so‘zimni bo‘lmadi, uning bunaqa odati yo‘q edi, ammo chehrasi borgan sari xiralashib borardi. Peshanasida, ikki qoshining orasida ajinlar paydo bo‘lib, qovoqlari osilib ketdi. Uzun kipriklarini ko‘targanida ko‘zlaridagi nafratini payqadim:

— Jamoatchi-olimni ko‘ringlar-a! — dedi u sovuq ohangda. — Men ham Pomirga o‘ynagani emas, ish bilan ketyapman. Qanday qilib bo‘lmasin Paleyni qidirib topishim kerak. Safar ko‘pga cho‘zilmaydi. Mevalar pishgunicha Armanistonga yetib ham borasiz…

Nima desam ekan! Axir unga meni qanday noqulay ahvolga solib qo‘yayotganini aytolmayman-ku! Sevgan qizing bilan allaqanday Paley degan kimsani, balki o‘z raqibingni qidirib yurish… Bu qanday gap! To‘g‘ri, u o‘ynagani emas, ish bilan ketyapman deyapti. Lekin uning Paleyda nima ishi bor ekan? Buni so‘rashga g‘ururim yo‘l bermadi. Bo‘ldi, yetar. Sevgi ishga xalaqit beryapti. Ha, ha! Ilgari laboratoriyada yarim kechagacha o‘tirardim, endi esa soat to‘rt bo‘lar-bo‘lmas jo‘nab qolaman. Men unga yana bir bor rad javobini bermoqchi bo‘lib turgan edim, yana Tonyaning o‘zi gap boshlab qoldi:



5 из 167