— Yo‘q demasang, ertaga ertalaboq jo‘naymiz, — shoshib javob berdi er. — O’zing bilasan, qancha tez boshlasang, shuncha…

— Axir biz hech qachon bunday erta chiqib ketmagandik-ku?

— Bu yil shu istisno bo‘ladi, — er jilmaydi. — Holatni o‘zgartirib turganga nima yetsin. Osuda, tinch yashash qanday yaxshi. Xullas, o‘zingdan qolar gap yo‘q. Yanglishmasam boshqa rejalaring yo‘qdir, a? Qalay, boramizmi?

Ayol xo‘rsindi, chaynaldi, so‘ng dedi:

— Yo‘q.

— Nima?! — erning ovozidan qushlar cho‘chib tushdi, chodir bir silkindi.

— Yo‘q, — qat’iy dedi ayol, — men bormayman.

Er ayolga qaradi. Masala hal bo‘lgan edi. Ayol orqaga o‘girildi. Qushlar uchishda davom etdi.

Shamol quvgan o‘n ming burchak tezligida. Tongda quyosh billur ustunlar orasidan o‘z nurlarini sochgancha uxlab yotgan Illa ustidagi tumanni haydab yubordi. Tun bo‘yi ayol yumshoq bulut to‘shagi uzra suzgandek yerda parvoz qilib chiqdi. Tuman esa Illa yostiqqa bosh qo‘ygan zahoti devorlardan oqib tushgan edi. Tun bo‘yi ayol mana shu harakatsiz daryo uzra dong qotib uxladi. Endi bulut g‘oyib bo‘lmoqda va nihoyat daryo Illani bedorlik sohilida qoldirgancha uyquni urardi.

Ayol ko‘zini ochdi.

Uning boshida eri turardi. Eri bu yerda bir necha soatdan beri turgandek bo‘lib ko‘rinmoqda edi.

Nimagadir Illa erining ko‘ziga qarashga botinolmayotgandi.

— Yana shu tushni ko‘rdingmi? — dedi u. — Tinmay uyqingda gapiraverib, meni mijja qoqtirmading. Vrachga ko‘rinmasang bo‘lmaydi.

— Menga hech narsa bo‘lgani yo‘q.

— Uyqingda rosa alahsiraganing-chi,

— Shunaqami? — Ayol shoshib turib o‘tirdi.

Xona ichi sovuq edi. Tonggi g‘ira-shira yorug‘likda Illaning qomati namoyon bo‘ldi.

— Nima tush ko‘rding?

Ayol eslashga harakat qilib sukut saqladi.

— Kema. U yana osmondan tushdi, undan baland bo‘yli odam chiqib keldi va men bilan gaplasha boshladi. U bir gapirib o‘n kular, bu esa menga yoqardi.



9 из 232