
N.V. Gogol
Rojdestvo arafasidagi tun
«Yosh Gvardiya» nashriyoti
Toshkent 1980
Ruschadan Nabi Alimuhamedov tarjimasi
IKKINCHI NASHRI

Rojdestvoga bir kun qolgan edi, u ham o‘tdi. Bulutsiz qish kechasi boshlandi. Yulduzlar charaqlab chiqdi. Oy ham, yaxshilarning yo‘li yerisin, olam ro‘shno bo‘lsin, hamma shodxursand quvonib yoramazon
Agar shu paytda sorochinlik sud maslahatchisi fuqaroga qarashli otlardan uchtasi qo‘shilgan aravada, sarvoz yigitlarnikidek qunduzi telpak, adipiga qora barra tikilgan po‘stin kiyib, to‘qima qamchinini silkitib o‘tib qolsa, darhol yalmog‘izga ko‘zi tushgan bo‘lardi, chunki duiyodagi birorta ham yalmog‘iz uning nazaridan qochib qutulolmagan. Qaysi bekaning cho‘chqasi nechta tuqqanini, kimping sandigida qancha bisoti borligini, saxiy kishi ulug‘ bayram kunida bisotidan, ro‘zg‘oridan nimasini olib chiqib araqxonaga garov qo‘yishini ham biladi. Ammo sorechinlik sud maslahatchisining yo‘li bugun buyoqqa tushmadi, tushganda ham, boshqalar bilan uning nima ishi bor, o‘zining tashvishi ko‘p. Ammo yalmog‘iz shunday balandga chiqdiki, pastdan qora dog‘ga o‘xshab ko‘rindi. Dog‘ osmonning qasriga borsa, yulduzlar birin-sirin g‘oyib bo‘laverdi. Yalmog‘iz birpasda yengini yulduzga to‘ldirib oldi. Osmonda uch-to‘rttagina yulduz qoldi, xolos. Shu payt narigi tomondan ham qora dog‘ paydo bo‘lib, cho‘zilib, birpasda ulg‘ayib ketdi, Shabko‘r odam ko‘zoynak emas, komissar aravasining g‘ildiragini burniga taqib olsa ham bu narsaning nimaligini bilolmas Edi.
Oldidan qaraganda nemisning
Bu orada shayton oyni o‘g‘irlash payida sekin-sekin kelaverdi, qo‘lini uzatib, oyni ushlamoqchi ham bo‘ldi-yu, lekin qo‘li kuygandek, tortib oldi, barmog‘ini og‘ziga tiqib so‘rdi. Keyin narigi tomondan kelib ushlamoqchi bo‘ldi, tag‘in qo‘lini tortdi. Ammo ayyor shaytoi shuncha pand yesa ham, sira tinchimasdan, shaytonligini qilaverdi. Yugurib kelib, ikki qo‘li bilan oyni ushlab Oldi; chilim chekmoqchi bo‘lgan odam cho‘g‘ni qo‘lidan qo‘liga olib, uf-uflagandek, u ham afti basharasini bujmaytirib, oyni u qo‘lidan-bu qo‘liga olib sovutganday bo‘ldi-da, darrov cho‘ntagiga solib, hech narsa ko‘rmagandek yugurgancha ketaverdi.
