
Shayton oyni o‘g‘irlab ketganini Dikankadagilarning hech qaysisi sezmadi. Lekin bo‘lus mirzasi araqxonadan emaklab chiqayotganida osmondagi oy birdaniga qimirlab o‘yiiga tushib ketganini ko‘rgan ekan: azbaroyi xudo, deb qasam ichsa ham qishloqdagilarning hech qaysisi ishonmasdan, uni masxara qilib kuldilar. Ammo shaytonning bunday qonunga xilof ish qilishining boisi nima? Sababi bor edi: boy Chubni munshi mehmondorchilikka chaqirganini bilar edi. Bu mehmondorchilikka da’voshidan bo‘lak munshining qarindoshi, cherkovda nihoyat darajada yo‘g‘on ovoz bilan hofizlik qiluvchi ko‘k syurtuk kiygan hofiz, yana kazak Sverbiguz va yana bir necha kishi chaqirilgan edi. Bu mehmondorchilikda rojdestvo oshi — mayiz solib pishirilgan guruchdan bo‘lak yana za’far qo‘shilgan araq va boshqa turlituman laziz ovqatlar bo‘ladigan edi. Otasi mehmondorchilikka ketganda butun qishloqqa go‘zalligi bilan nomi ketgan qizi uyda yolg‘iz qoladi. yolg‘iz qolgan qiz oldiga norg‘ul azamat temirchi yigit kelsa kerak. Shayton uni Kondrat buzrukning xutbalaridan ham battar yomon ko‘radi. Temirchi ishdan bo‘sh vaqtlarida suratkashlik ham qilardi va bu atrofda undan usta naqqosh yo‘q edi. Yuzboshi L… ko-ning o‘zi, tirikligida uni Poltavaga chaqirib, hovlisining taxta devorini bo‘yatdirgan edi.
Dikanka qishlogidagilarning karam sho‘rva ichadigam tovoqlariii ham shu temprchi bo‘yagan edi. Temirchi xudojo‘y odam bo‘lib, ko‘pincha aziz-avliyolarning suratlarini chnzar edi. T… dagi butxonada temirchi chizgan, nijpl yozgai Lukaning surati hali ham bor. Ammo temirchi butun hunarini butxonaning o‘ng tomonidagi hujra devoriga solgan suratda ko‘rsatgandi.
