
Uning istiqboliga sayrda birga bo‘lgan iskovuch bilan rut ismli tusi yo‘lbarsnikiga o‘xshagan ulkan dog chopib chiqdi. Shtirner Glyukning yonidan o‘ta turib, sal engashdi-da, kulimsirab so‘radi:
— Haliyam hal qilganingiz yo‘qmi?
— Nimani?
— Menga turmushga chiqish masalasini…
U xaxolab kulgancha, kuchuklarni ergashtirib xo‘jayinning orqasidan yugurdi.
Elzaning qovog‘i uyildi. Stol ortida o‘tirgan Zauyer bip nimalar deb to‘ng‘illadi.
Deraza ortidan mashina ovozi eshitildi.
Xonaga sukunat cho‘kdi. Fit indamay mashinkasini chiqillatar, Zauyer esa asabiylik bilan allaqanday qog‘ozlarni titkilardi.
— Itboqar! — dedi u yana to‘ng‘illab.
— Nimalar deyapsiz? — so‘z qotdi Glyuk.
— Nuqul itlari bilan o‘ralashgani o‘ralashgan, — dedi Zauyer kuyunib. Sira toqatim yo‘q bu ikkiyuzlamachi janobga Qarzdorlarga nisbatan qattiqqo‘lligini nazarda tutib bo‘lsa kerak, kecha Gotlibni sal bo‘lmasa odamxo‘rga chiqarib qo‘yuvdi bugun esa ko‘rdinglarmi? Xo‘jayinning tovonini yalashga tayyor Ko‘zlariga xuddi Falkka o‘xshab tikiladi! Kuchuklarini bekorga olib ketdi deb o‘ylaysizlarmi? Tabiat qo‘ynida cholni zeriktirmaslik uchun olib ketdi…
UoDa kekchi bo‘lib ketibsiz, Zauyer! — dedi Elza. — «Tyopfer va K» ni bo‘lsa Gotlib rostdan ham yutib yubordi — Shtirner to‘g‘ri aytgyn ekan.
— Veksellarni undirishga Gotlibni Shtirnerning o‘zi ko‘ndirgan bunga shubha yo‘q, — javob berdi Zauyer bo‘sh kelmay
— Zauyer hasad qilyati! — dedi Fit kulib.
— Marhamat qilib mana bu vedomostni ko‘chirib bering! — dedi Zauyer ensasi qotib, Fitga bir varaq qog‘ozni uzatarkan.
Xuddi gunoh qilib qo‘ygan boladay Fitning dami ichiga tushib ketdi va qo‘rqa-pisa:
— Xo‘p bo‘ladi, — dedi.
Mashinka yana chiqillay boshladi. Hamma o‘z ishiga kirishib ketdi. Ora-chora telefon jiringlab turardi.
Soat o‘n birlarga yaqin yana telefon jiringladi. Zauyer qandaydir bir xatdan ko‘z uzmay, trubkadagi ovozga quloq tutdi.
