
II. POYEZD TAGIDA
Kabinet eshigi ochilib, shaxsiy sekretari Lyudvig Shtirner hamrohligida bankir Karl Gotlib ko‘rindi.
Devorlari yaxlit oynadan ishlangan xonani charog‘on etgan quyosh nuri Karl Gotlibning tilla ko‘zoynagida yarqirardi. Bankir ko‘zlarini qisgancha kulimsirab turardi. Oltmishlarga borib qolgan bo‘lishiga qaramay, naqsh olmaday yenoqlari, oppoq yuzini ko‘rgan odam uni shuncha yoshga kirgan deb aslo o‘ilamasdi. Soqoli yaxshilab qirtishlangan, qimmatbaho sovun, xushbo‘y sigara va atir hidi anqib turgan, hamisha quvnoq, mamnun va serharakat Gotlibning butun qiyofasida o‘ziga to‘q odamlarga hos bir tarovat yog‘ilib turardi.
— Xo‘sh, kechagi sayr qalay bo‘ldi? — so‘radi u Glyuk, Fit va Zauyerning qo‘lini navbat bilan qisarkan, — Durustmi? Baliq tutdinglarmi? Lekin havo ajoyib bo‘ldi-da, a? Iltimos, Zauyer, mana bu telegrammalarni jo‘natib yuboring. Birja byulleteni keldimi? Bugun dollarning kursi qanaqa? Xo‘sh… Xo‘sh Paxta aksiyalari-chi? Baland deng? Juda soz! «Tyopfer va K» bankirlar uyining mana bu veksellarini rad eting. Ortiq yen bosolmayman. Bugun juda ochilib ketibsiz, Fit xonim… Siz nega buncha xayol surib qoldingiz, Glyuk xonim? He-he!
Shunday dyob, u barmog‘i bilan yo‘lga po‘pisa qildi.
— Ha-a, sezib turibman. Bahorning ta’siri-da bu. Ha-ha! U qora suyurtugining yoqasiga qistirilgan binafsha bog‘lamini to‘g‘rilab, soatiga qaradi. — Hozir soat o‘n. Poyezd o‘nu qirq beshda jo‘naidi. Men ketyapman, soat ikkidan o‘n besh minut o‘tganda shu yerda bulaman. vodni qabul qilib olishim kerak. Shtirner ikkovimiz rasmii tomonlarini birpasda to‘g‘rilaymiz. O‘ziyam ko‘p o‘tirib qoldim, bir oz shamollab ham kelaman. Mashina tayyormi? Ketdik, Shtirner. Bankir Gotlib yengil qadam tashlab chiqib ketdi, eshik ortidan ovozi eshitildi:
— Qayoqdasiz, Shtirner?
— Hozir! — Shtirner yon xonaga kirib kuchuklarini chaqirdi: — Falk! Brut!
