Yetoqxonadan qaytib chiqqan Zauyer Shtirnerning oldiga keldi-da, ko‘zlariga sinchkovlik bilan tikilib so‘radi:

— Nega bunday bo‘ldi?

Shtirner bu nigohga ham bardosh berdi — faqat qoshlari bir chimirildi, xolos va xotirjam javob qildi:

— Ko‘rmay qoldim. Gotlib mendan shoshilinch telegramma jo‘natishni so‘radi. Bunga atigi besh minutgina vaqt ketdi, xolos. Qaytib kelsam, bo‘lar ish bo‘pti. Ko‘rgan odamlarning aitishicha, kuchugim Brut parovozdan qo‘rqib o‘zini chetga otgan ekan, Gotlibning oyogiga urilibdi. Chol qalqib ketib kuchuk bilan birga relsga ag‘darilib tushibdi. Brutni poyezd ikkiga bo‘lib tashlabdi. Sho‘rlik kuchugim-yey! Gotlibni esa oyoqlarini…

— Faqat kuchugingizga ichingiz achiyaptimi?

— Bema’ni gaplaringizni qo‘ying, Zauyer. Qolaversa, ta’chiya izhor etishning rasmiy usullariga kupam zo‘r beravermang. Gotlib ajoyib odam edi, unga achinaman. Lekin bundan, to‘rt oyoqli do‘stim halokatidan taassuflanmasligim kerak, degan ma’no kelib chiqmaydi.

— Juda qiziq!.. — dedi Zauyer cho‘zib va bu bilan o‘z so‘zlariga alohida ma’no bermoqchiday bo‘ldi. — Gotlib Bout dastidan o‘libdi-ya!

— Brut odam emas, kuchuk. Gotlib ham Sezar emas, ban kir, — javob berdi Shtirner istehzoli kulib va Gotlibning otoqxonasiga o‘tib ketdi.

III. IKKI VASIYATNOMA

Germaniyaning yirik bankiri Karl Gotlibning fojiali halokati haqidagi xabar butun savdo olamida shov-shuv qo‘zg‘adi. ankirning kabineti mamlakatning moliya va sanoat tomirlari tutashgan bir joy edi. Gotlib faqat banklarnigina emas, oalki iirik sanoatni ham mablag‘ bilan ta’minlab turar edi. Pinobarin, Gotlibning nogahoniy o‘limi o‘sha kuniyoq butun mamlakatda gap-so‘z bo‘lib ketdi. Gazetalar u yoki bu kreditorlar uchun bu o‘limning oqibati qanday bo‘lishi haqida bahs yuritar, moliyaviy kuchlar nisbatidagi o‘zgarishlar va boshliqsiz qolgan bankning taqdiri xususida har xil taxminlar yozivdardi.



13 из 213