
…Ovora bo‘lasan. Koroning manzara suratini olishing mumkin. Lekin muqaddas Sebastyanni o‘la qolsam bermayman!
Opa-singil Gotliblar amakilaridan qolgan meros ustida o‘. charo bahslashib, xonadan o‘tib qetishdi.
Zauyer nafasini ichiga yutdi.
Xonalardagi qo‘ng‘iroqlar chalinib, hammani marhum xo‘jayinning kattakon kabinetiga chorladi. Kabinetdagi yozuv stol ortida gardishi qora ko‘zoynak taqqan, ozgingina bir chol — notarius o‘tiradi. U nihoyatda rasmiyatchi odam edi, binobarin, konvertlar ochilgunga qadar vasiyatnomaning mazmupidan merosxo‘rlarni ogoh qilishdan qat’iyan bosh tortdi. Noiyuj qolgan Gotlib avlodlari notariusning meros sirini yashirib yotgan qalin portfeliga hayajon bilan tikilib o‘tirishardi. Notarius portfelidan shoshmasdan bir paketni olib, muhrlari butunligini hammaga ko‘z-ko‘z qilib ko‘rsatdi, so‘ng paketii ochib, vasiyatnomani o‘qiy boshladi.
Vasiyatga binoan hamma mol-mulk marhumning ukasi Oskar Gotlibga o‘tgan edi, shuningdek, ancha-muncha pul frau Shmitgofga, bir qism mablag‘ esa eski xizmatchilarga vasiyat qilingandi.
Gotlib va uning farzandlari vasiyatnoManI oxirigacha eshitib bo‘lib, yengil nafas olishdi. Ammo shu payt natarius:
— Bu birinchi vasiyatnoma… — deb e’lon qildi. Hamma dong qotib qoldi. „
— Demak, ikkinchysi ham bor ekan-da? — deb suradi oskar Gotlib tashvish bilan.
— Ha, bor. Hozir o‘Qyb beraman, — dedi notarius va bu paketni ham hammaga ko‘z-ko‘z qilib ko‘rsatib chiqqach, Karl Gotlib o‘limidan atigi bir oy oldin yozilgan ikkinchi vasiyatnomani olib, o‘qiy boshladi:
— «Ilgari yozilgan barcha vasiyatnomalarimni bekor qilio, o‘zimga tegishli butkul boylik va mol-mulklarni, ular qanday holatda bo‘lishidan qat’iy nazar, to‘laligicha stenografistkam Elza Glyuk ixtiyoriga o‘tkazaman.
