O‘z qarindoshlarimni merosdan mahrum etib, uni Elza Glyukka qoldirayotganligimning ayrim sabablari borki, uni oshkor etolmayman. Ammo qarindoshlarim sud orqali Elza Glyukning vasiyatdan kelib chiqadigan huquqlariga daxl qilmaslikLari uchun meni shu ishga undagan ba’zi sabablarini aytib o‘tmoqchiman: 1) Elza Glyuk menga shunday bir yaxshilik Qilganki, — u haqda gapirib o‘tirmayman, — bu yaxshilikni qaytarish uchun men qoldirayotgan boylik ham kamlik qiladi. 2) Mutlaqo shaxsiy xarakterdagi ba’zi bir sabablar meni ukam Oskar Gotlibni o‘zimga yaqin kishilar ro‘yxatidan o‘chirishga majbur qildi…» Meros qoldiruvchining mol-mulki dollarga chaqilganda, taxminiy hisoblarga ko‘ra, ikki milliardni tashkil qiladi, — deb so‘zini tugatdi notarius. „

Oskar Gotlib kreslo suyanchig‘iga gavdasini tashladi. Kuz oldi qorong‘ilashib ketdi. U asabiy bir tarzda barmoqlarini ishqalab, og‘ir-og‘ir nafas olardi. Shu topda u boshiga og‘ir bir narsa bilan urilgan kishini eslatardi. Opa-singil Gotliblar esa boshlarini bir-birilarining yelkalariga qo‘yib, ho‘ng-hung yig‘lashardi.

Rudolfning yuzi shu darajada oqarib ketdiki, sepkillari xuddi loy sachraganday qorayib qoldi.

— Bo‘lishi mumkin emas! Bo‘lishi mumkin emas!.. — deb qichqirdi u birdan jazavasi tutib. — Yelgon! Aldamchilik! Jinoyat! Biz buni shu holda qoldirmaymiz! Bu yerdagilarning hammasi firibgar!

Notarius yelkasini qisdi.

— Tilingizni sal tiyibroq gapiring, yigitcha. Men faqat uz burchimni bajardim. Agar vasiyatnomani noto‘g‘ri deb topsangiz, qonun yo‘li bilan da’vo qilishingiz mumkin. Hozir esa buni merosxo‘rga topshirishga majburman.

Notarius stol ortidan turib, Elza Glyukning oldiga keldi-da, tavoze bilan vasiyatnomani uzatdi.

Elza hangu mang bo‘lib qoshlarini chimirdi-yu, beixtiyor qog‘ozni oldi.



17 из 213