
1 iroq Zauyer yo chindan ham vasiyatnoma o‘zgarganidan bexabar, (ki haqiqatni aytishni istamadi. Lekin kutilmaganda u boshqa yangilikni ma’lum qildi. — Elza Glyuk merosdan voz kechmoqchi, deb qoldi. Glyukni chaqirgan edim, u ham bu gapni tasdiqladi. Klkamdan tog‘ ag‘darilganday bo‘ldi. Ammo oradan hech qancha iaqt o‘tmay, Elza Glyuk yozgan ishonch qog‘ozi bo‘yicha yana Zauyerning o‘zi vasiyatnomani sud tasdig‘iga topshirdi. «Bu nima qilganlaring?» — deb so‘radim undan. Zauyer yelkasini qisib: «Merosxo‘r fikridan qaytdi», — deb javob berdi.
— Elza Glyuk-chi? O‘zi bilan qaytib gaplashmadingizmi? — yeo‘radi advokat sigara buruqsatib.
— Gaplashdim. U menda g‘alati taassurot qoldirdi. Yuzida qandaydir bir sovuq loqaydlik, boqishlari ma’nosiz, harakatlari xuddi uyqudan qolgan odamnikiday behol. «Glyuk xonim, — dedim unga, — vasiyatnomadan voz kechgan edingiz-ku?» — «Bilmadim, esimda yo‘q… Bo‘lsa bordir», — deb javob berdi u. «Unaqa bo‘lsa nega vasiyatnomani sudga topshirdingiz?» U menga ajablanib qaradi-yu, og‘ziga tolqon solib olganday, miq etmadi. Bir soatcha ovora bo‘ldim. Keyin u birdan o‘rnidan turdi-yu, lom-mim demay chiqib ketdi.
— Ehtimol u qaylig‘ining qistovi bilan o‘z fikridan qaytgandir? — so‘radi advokat. — Zauyer uning qaylig‘i-ku, axir?
— Men ham shuni o‘ylayapman. Ammo qizig‘i shundaki, qaylig‘ining o‘zi ham g‘alatiroq tuyuldi menga. Haddan tashqari tund, go‘yo qaylig‘ining shunday katta merosga ega bo‘lishi — unga baxtsizlik keltiradiganday. Kayfiyati buzuq, o‘lguday tajang. U yoki artistlik qilyapti, yoki bo‘lmasa ikkovlari ham iqldan ozishgan.
