Boshqa, murakkabroq misol keltiraman. Siz kuchukka ovqat berasiz, har gal u ovqatlanayotgan paytda tepasida sivizg‘a chalib turasiz. Ovqat vaqtida kuchukning og‘zidan so‘lakayi oqadi. Oradan biror muddat o‘tgach, sivizg‘a sadosi kuchukning ongida ta’m sezgisi bilan chambarchas bog‘lanib ketgandan keyin, sivizg‘a chalishingiz bilan o‘z-o‘zidan kuchukning so‘lakayi oqyb tushaveradi. Shartli refleks, deyishadi buni! Qizig‘i shundaki, insonning burch, sadoqat, majburiyat, vijdon kabi eng «muqaddas» tuyg‘ulari ham xuddi kuchukning so‘lakayiday shartli refleksdan iborat. Bunday reflekslarning paydo bo‘lish jarayoni murakkabrok, ammo mohiyati o‘sha-o‘sha. Shu jihatdan qaraganda, rostini aytsam, haligi yuksak fazilatlarga ko‘pam e’tiqodim yo‘q. Nazarimda, ana shu so‘lakaynamo xislatlardan kimlardir manfaatdorga o‘xshab tuyuladi ba’zan, kimdir din, axloq, burch, vijdon sivizg‘asini chaladi-yu, biz esa ahmoq bo‘lib so‘lakayimizni oqizib o‘tiramiz. Bu ko‘hna tuyg‘ulardan voz kechib, eski axloq nag‘masiga o‘ynashni bas qilish vaqti yetmadimikin?

Zauyer gapni boshqa yoqqa burish uchun yana Shtirnerdan nima uchun olimlikni tashlab ketganini so‘radi.

— Shunaqa narsalarri bilasizki, Shtirner, — dedi u. — Ehtimol ilm olamida tezroq nom chiqarib, mashhur bo‘lib ketarmidingiz.

— Olimlikdan voz kechganimning sababi bor, muhtaram Zauyer, — javob berdi Shtirner ko‘zlarida mug‘ambirona ifoda bilan. — Men mingga yaqin odamning miyasini yorib ko‘rganman, lekin ishonasizmi, birortasida ham aql degan narsaga duch kelganim yo‘q. Shundan keyin miyani chiroyli qilib qovursagina durust bo‘lar ekan, degan xulosaga kelganman.

— Yana aljyyapsiz! — Fitning ovozi eshitildi orqadan.

— Uzr, uzr! Lekin ishontirib aytamanki, bizning Gotlib odam go‘shtini iste’mol qilmaydi. Lekin majoziy ma’noda, ha-ha! Masalan, u ertaga ertalab bankirlar «Tyopfer va K°» uyini yamlamay yutilishini sezib turibman. O‘rta asr hukmdorlari ilm bilan bemalol shug‘ullanishgan, chunki ularning qorni to‘q, usti but bo‘lgan, demoqchiman-da.



6 из 213