Endi esa… mana men bilan Zauyer bankirning oddiy xizmatchilarimiz, xolos, hatto siz ham, muhtarama xonim, uning mashinistkasi va stenografistkasi bo‘la turib, uncha-muncha fan doktoridan ko‘proq maosh olasiz. Ko‘rib turibsizki, hammasini ochiq-oydin gapiryapman. Insoniyatning baxt-saoddti deb yovg‘on oshni afzal ko‘rgan odam yolg‘iz men emas bu dunyoda. Tag‘in kim biladi deysiz? Maktabda bizga, to‘g‘ri chiziq — ikki nuqta orasidagi eng qisqa masofa, deb o‘rgatishardi. Ammo, bu hisob-kitob — girt mavhumotdan iborat. Hayotda to‘g‘ri chiziqlar bo‘lmaydi… Mana yetib keldik! Endi, — Emma Fitga murojaat qildi u, — qo‘lingizni bering va stansiyagacha kuzatib qo‘yishga ruxsat eting.

Shtirner bilan Fit oldinroq ketishdi.

Zauyer prokatga olingan qayiq haqini to‘ladi-da, Elzani qo‘ltig‘idan olib, temir yo‘l stansiyasi tomon jo‘nadi.

Qorong‘i tushdi. Osmonda yulduzlar jimirlay boshladi. Io‘l kimsasiz edi.

— Havoning avzoyi buzilyapti, yomg‘ir yog‘adiganga o‘xshaydi… dedi Zauyer.

— Ha, bir amallab yetib olamiz, — javob berdi Elza.

— Bugungi sayrdan xursandmisiz, Elza?

— Ismimni sal betakallufroq tilga olmadingizmi? — dedi kulib Elza va Zauyerni gapirtirishga qo‘ymay, o‘zi davom;tdi: — O‘zingizni oqlamay qo‘ya qoling. Anavi vaysaqi Shtiriyer bo‘lmaganida yanayam xursand bo‘lardim. Shunaqayam quruq bo‘ladimi odam! Qaqillayverib quloq-miyani yevordi-ya. Tag‘in nuqul osmondan keladi!

— Ha, sergaplikka sergap, — dedi Zauyer xayol surgancha. — Ammo-lekin, Elza, u vaysaqdan ehtiyotroq bo‘lishni maslahat berardim.

Elza Zauyerga taajjublanib qaradi.

— Biror ehtiyotsizlik qildimmi? — shunday deb, u qah-qah otib kuldi. — Yo‘q, Otto, siz shunchaki rashk qilyapsiz. Lekin rashk qilishga barvaqtroq emasmikin? Hali sizga va’da berganim yo‘q. Aynab qolishim ham mumkin.

— Qo‘ying, qaltis hazil qilmang… Hali uni vaysaqi dedingiz. Vaysaqiligi to‘g‘ri, lekin es-hushi joyida. Vijdon va: gri chiziq haqidagi gaplarini eshitdingizmi? Bu juda xatarli falsafa. Rostini aytsam, undan qo‘rqaman, sizni va qariyamiz Gotlibni o‘ylab xavotirlanaman. U vaysaqining gaplari bejiz emas. So‘zlarida jon bor. Nimalarni o‘ylayapti u? Magyudo biror dahshatli ishni qilib qo‘yganida ham sira taajjublanmayman…



7 из 213