
Elza Shtirnerning birday qarilik ifodasi ingan, botayotgan quyoshning qizg‘ish nurlari yoritib turgan o‘ychan chehrasini ko‘z oldiga keltirib, eti seskanib ketdi. Beixtiyor Zauyerning bilaklarini mahkam qisdi.
— Gotlibning ichiga kirib olganini aytmaysizmi! U Shtirperni bir qadam ham yonidan nari siljitmaydi, uyiga ko‘chirib «shkevoldi… Kechqurunlari Shtirner o‘rgatilgan kuchuklari bilan cholni ovutib o‘tiradi…
— Lekin tan berish kerak, Otto, kuchuklari haqiqatan ham — Men buni inkor etmayman. Uning kuchuklari har qanday o‘rgatilgan hayvonlardan ustun turadi. Ayniqsa Falk degani.
— Qora ko‘ppagi-chi, — dedi Elza, — sanashni biladi, al(|avitdagi Hamma harflarni taniydi, uning har qanday buyrugini so‘zsiz tushunadi. Ba’zan o‘ylasam, yuragim orqamga tortib ketadi…
— Ha, ko‘ppak rostdan ham balo. Ehtimol, Shtirner nihoyatda aqlli va talantlidir. Lekin yovuz talant ikki baravar xatarliroq bo‘ladi. — Shunday deb, Zauyer Elzaga ma’nodor qarab qo‘edi.
— Mendan xavotir olmang, Otto. Menga uning sehri mutlaqo ta’sir qilmaydi. Shu paytgacha u menga befarq qarardi. Dmmo bugun, yuziga qarab turib… Nima deyishimni ham bilmayman… Ehtimol, biz nohaqdirmiz. Voy, nima u?…
Qorong‘ilik qa’ridan Falk shovqinsiz chiqib kelib, Elzaning etagidan tishladi-da, g‘ingshib oldinga tortqilay boshladi.
Zauyerning jahli chiqib, itni haydashga tushdi. Uning bu ishidan Elza kulib yubordi.
— Juda irimchi bo‘lib ketyapsiz, Otto. Shtirner bizni chaqirish uchun Falkni yuborgan bo‘lsa kerak.
