
Biz qo‘nadigan aerodrom shaharning garb tarafida ekan, sharq tomonda esa qandaydir juda enlik g‘alati temir yo‘l. U vodiyning oxirigacha cho‘zilgan, nazarimda o‘gaa yerda uzilsa kerak.
Nihoyat, yerga qo‘ndik.
Mehmonxonaga ketyapmiz. Shaharni tomosha qilishga hol yo‘q: yo‘l ezib tashlagandi. Tonya ham rahmdillik qilib menga ruxsat berdi. Botinkalarimni yechib, keng divanga cho‘zildim. Oh-oh! Qanday rohat! Har turli tezyurar mashinalarning motoridan boshim hanuz guvillardi, ko‘zlarim yumilib ketyapti. Endi bir miriqib Dam olatan-da!
Eshikni birov tiqillatganday bo‘ldi. Yo haliyam boshim guvillayaptimikin?.. Yo‘q, rostdanam tiqillatishyapti. Topgan vaqtlarini qarang-a.
— Kiring! — dedim achchiq bilan va divandan sakrab turdim.
Ostonada Tonya ko‘rindi. U mendan xabar olgani kirganga o‘xshaydi.
— Qalay, yaxshi dam oldingizmi? Yuring endi, — dedi u.
— Qayoqqa? Nega? — dedim qattiq-qattiq gagshrib.
— Qayoqqa bo‘lardi? Bu yerga nima uchun keldik?
Ha, ha. Qorasoqolli kishini qidirish uchun kslganmiz. Tushunarli… Lekin hozir kech bo‘lib qoldi-ku, yaxshisi ertalabdan boshlasak bo‘lmasmikin. Birok, qarshilik qilish befoyda edi. Indamay Leningradda kiyadigan yengil paltomni yelkamga tashladim, ammo Tonya g‘amxo‘rlik bilan ogohlantirdi:
— Po‘stinni kiying. Bir necha ming metr balandlikda turganimizni unutmang. Quyosh ham allaqachon botgan.
Men po‘stinimni kiydim, biz ko‘chaga chiqdik.
Muzdek tog‘ havosi dimog‘imga urilib, nafasim bo‘g‘ila boshladi. Tonya mening qiynalayotganimni ko‘rib, tushuntirdi:
— Siz siyrak tog‘ havosiga o‘rganmagansiz. Hechqisi yo‘q, tez o‘tib ketadi.
— Qiziq, mehmonxonada buni sezmagan edim-ku, — dedim ajablanib.
