
II. TINIB GINCHIMAGAN QIZ
Leningraddan sirli. Ketsga qilgan sayohatimizni g‘ira-shira eslayman. Bu kutilmagan safardan g‘oyat hayajonlangan, o‘zimning xulq-avtorim va Tonyaning g‘ayrat-shijoatidan tamom gangib qolgan edim.
Tonya biror kunning ham bekor ketishini istamasdi, shuning uchun eng uchqur zamonaviy aloqa vositalarini nazarda tutgan holda sayohat rejasini tuzib chiqdi.
Leningraddan Moskvagacha aeroplanda uchdik. Valday tepaligi ustida aeroplan shunaqayam chayqaldiki, asti qo‘yaverasiz. Men kemaning chayqa (iga ham, havodagi silkinishga ham bardosh berolmayman, shuy. ing uchun darrov mazam qochdi. Tonya jon kuydirib tepamda parvona bo‘ldi. U butun yo‘l bo‘yi menga g‘amxo‘rlik qildi, iliq muomalada bo‘ldi, xullas, uning munosabati endi tamom o‘zgargan edi. Men borgan sari hayratga tushardim: qancha kuch-g‘ayrat, ayollarga xos muhabbat, mehru shafqat bor-a, bu qizda! Sayohat oldidan u menga nisbatan ko‘proq yelib-yugurdi, lekin bu aslo sezilmasdi. Uning kayfi chog‘, dam-badam allaqanday qo‘shiqlarni xirgoyi qilib borardi.
Moskvada biz Siolkovskiyning Moskva bilan Toshkent o‘rtasida qatnovchi yarim reaktiv stratoplaniga. o‘tirdik.
Bu mashina juda tez uchar ekan. Sigara nusxa uchta metall korpus yonma-yon ulangan, dum tomonida kichkina qanotcha, ustidan esa bitta qanot bilan qoplangan — stratoplanning tashqi ko‘rinishi ana shunday. Tonya uning tuzilishi bilan tezda tanishib olib, menga ham tushuntira ketdi: chap tomondagi korpusda yo‘lovchilar bilan uchuvchilar o‘tirisharkan, o‘ng tomonda yonilg‘i, o‘rtadagi korpusda esa samolyot parragi, havoni siqib chiqaruvchi asbob, dvigatel va sovutgich joylashgan ekan; samolyotni parrak kuchi bilan yonilg‘i harakatga keltirar ekan. Tonya yana allaqanday g‘alati narsalar haqida gapirdi, lekin men yangi taassurotlar qarshisida lol bo‘lib qolganimdan tuzukkina anglayolmadim. Zich yopiluvchi kabinaga kirib, yumshoq o‘rindiqlarga o‘tirganimiz esimda. Samolyot temir izlar ustida shiddat bilan sirg‘alib, tezligi sekundagi yuz metrga yetgach, havoga ko‘tarildi. Biz juda balandda, aftidan, troposfera ustida, soatiga ming kilometr tezlik bilan uchib borardik. Aytishlaricha, bundan ko‘ra tezroq uchish ham mumkin ekan.
