
«Uchar poyezd» ning tezligi haqiqatan ham juda katta ekan. Deraza ortidagi manzara sariq-kulrang tusga kirgan. Faqat osmon ko‘m-ko‘k ko‘rinar, oppoq bulutlar esa shiddat biln orqaga uchar edi. Rostiii aytsam, bu yangi transport vositasining hamma qulayliklariga qaramay, qisqa safarimizning tezroq tugashini kutardim. Mana birdan ostimizda daryo yaraqlab qoldi, ko‘priksiz bu daryodan ko‘z ochib-yumguncha sakrab o‘tib ketdik. Men dodlab beixtiyor o‘rnimdan turib ketdim. Mening bu qadar qoloqligimni ko‘rib, yo‘lovchilar xaxolab kulib yuborishdi. Tonya bo‘lsa quvnab chapak chalar va:
— Mana bu menga yoqadi! Buni tezlik desa bo‘ladi! — derdi.
Men entikkancha derazadan tashqariga qarab-qarab qo‘yardim: bu yakrang manzara qachon tugarkin?
Andijonga yetkanimizda men rahm-shafqat so‘radim. Shuncha mashaqqatlardan keyin bir oz dam olish kerak-ku, axir. Ammo Tonya buni eshitishni ham xohlamasdi. U hamon qaynab-toshib turardi.
— Butun grafikni buzib yuborasiz. Men hamma narsani mi nutigacha hisobga olganman.
Shunday qilib, biz yana xuddi yov quvganday aerodromga qarab yugurdik.
Andijondan O‘shgacha oddiy aerotslanda uchdik. Uning tezligi ham chakana emas — soatiga to‘rt yuz ellik kilometr — lekin, bu uchish ham Tonyaga toshbaqa yurish bo‘lib tuyuldi. Baxtga qarshi, motor xirillab, yerga qo‘nishga majbur bo‘ldik. Bortmexanik motorni tuzatguncha, kabinadan chiqib, qum ustiga cho‘zildim. Lekin qum haddan tashqari issiq edi. Quyosh ayovsiz olov purkardi, binobarin, yana dim kabinaga qaytib kirishga to‘g‘ri keldi.
Terga pishib o‘tirarkanman, sayohatimizni ich-ichimdan so‘kar va Leningradning huzurbaxsh mayin yomg‘irini orzu qilardim.
Tonya Ushdan uchadigan dirijablga kechikishdan ko‘rqib, asabiylashardi. Baxtga qarshi, kechikmadik, dirijabl uchishidan yarim soat ilgari aerodromga kelib ko‘ndik. Taram-taram po‘latdan yasalgan bu bahaybat metall qush bizni Kets shahriga eltib qo‘yishi kerak edi. Biz dirijabl turgan machta yoniga chopib borib, liftda tezlik bilan yuqoriga ko‘tarildik va gondola ichiga kirdik.
