
Sayr qilib qaytgan yalmog‘iz, o‘g‘lim Vakula uyga mehmon-pehmon olib kelmadimikin, deb pechkaning qopqog‘ini surib mo‘raladi. Uyning o‘rtasida yotgan qopdan boshqa hech kim yo‘qligini bilib pechkadan chiqdi, ustidagi po‘stinini yechib, o‘zini rostlab oldi, endi uni ko‘rgan odam haligina supurgi mnnib yurgan yalmog‘izligini bilmas edi.
Temirchi Vakulaning onasi qirqdan oshmagan, chiroyli ham emas, xunuk ham emas edi. Qirq yoshda chiroyli bo‘lmoq ham qiyin. Ammo u har qanday sipo erqakni ham o‘ziga rom qilib olishga usta edi (ammo bularning xushro‘ylik bilan uncha ishlari yo‘q edi, buni aytib qo‘ysak yomon bo‘lmaydi), shuning uchun da’voshidan tortib munshi Osip Nikiforovichgacha (albatta, xotini uyda bo‘lmasa) kazaklardan Qorniy Chub, Qasyan Sverbiguzgacha hamma unikiga kirib turar edi. Unga qoyil bo‘lmoq kerakki, bularning barisiga juda ustalik bilan muomala qilar, hech qaysisi raqibi borligini ko‘ngliga ham keltirmas edi. Xudojo‘y faqir mujikmi, yoki movut chakmon kiyganlari uchun o‘zlariga asilzoda nomini qo‘yib olganlarmi, yoki yakshanba kuni butxonaga, havo yomon bo‘lsa araqxonata bora turib, qaymoq bilan mazali chuchvara yegani, issiqqina uyda mehmondo‘st xotin bilan hangomalashgani Soloxanikiga albatta kirib o‘tardi. Asilzoda araqxonaga keta turib, atayin yo‘lni aylanib o‘tsa ham, yo‘lakay kirdim, der edi. Hayit kuni Soloxa xitoyi ipak kofta va orqasiga zar uqa qadalgan ko‘k yubkasini kiyib, yasanib cherkovga kelganda hammadan oldinga o‘tib, shundoqqina mehrob tagiga borib tursami, munshi albatta bir yo‘talib qo‘yib, ko‘zining qiri bilan uning tomoniga qarab qo‘yar edi. Da’voshi mo‘ylovini silab, sochini qulog‘i ortiga olib So‘yib, yonida turgan qo‘shnisiga imo qilib: «Ajoyib yyol-da! Shaytonning o‘zginasi!» — deb qo‘yardi.
Soloxa hamma bilan salomlashar, ammo ularning hammasi yolg‘iz men bilan salomlashyapti, deb o‘ylar edilar.
