Bunda qiyomat kuni Qo‘lida bir shoda kalit bilan do‘zaxdan shaytonni haydab chiqazayotgan avliyo Petrning tasvnrnni solgandi. Shayton kuni bitganini bilib, qo‘rqqanndan o‘zini har tarafga urar, do‘zaxdagi gunohkorlar qamchiimi, palyonmi, ishqilib qo‘llariga nima tushsl shu bilan urib quvlar edilar. Naqqosh bu suratni katta taxtaga solayotganda shayton unga qo‘lidan kelganicha xalaqit berdi. Qo‘lidan turtib, bosqon ostidagi kulni to‘zitib surati ustiga sochar edi. Lekin shaytonning bu g‘alamisligiga qaramay suratni chizib o‘lib, taxtani cherkovni devoriga qoqib qo‘ygan edi. Ana shundan beri shayton undan o‘ch olmoqchi bo‘lib yanib yurardi.

Yorug‘ duiyoda yana bir kungina izg‘ishi qoldi; bir kun qolgan bo‘lsa ham, shu kecha temirchidan bir iloj qilib alamini olmoqchi bo‘ldi. Shuning uchun boradigan joyi ancha uzoq bo‘lganidan, keksa Chub erinib bormasin, degan maqsadda bu ishlarni qilgan edi. Munshinikiga qishloqni yonlab, tegirmondan, go‘ristondan o‘tilgach, jarlikdan aylanib borilar edi. Oydin kechada za’far solingan araq va mehmondorchilik uni tinch qo‘ymagan bo‘lardi. Ammo bunday qorong‘i kechada birorta odam uni pechkasidan tushirib, uyidan chiqazolmasa kerak. Avvaldan Chub bilan chiqishmaydigan temirchi zo‘r bo‘lgani bilan ota borida qizning oldiga borishga yuragi dov bermasdi.

Shunday qilib, shayton oyni cho‘ntagiga solishi bilan olamni shunday zulmat bosdiki, unaqa-bunaqa odam munshiniki uyoqda tursin, araqxonani ham topolmas edi. Yalmog‘iz birdaniga qorong‘ida qolib chinqirib yubordi. Shayton darrov yo‘rg‘alab kelib uning tirsagidan ushladi-da, odatda xotin zoti qulog‘iga qanday shivirlansa u ham yalmog‘izning pinjiga kirib, shunday shivirlab ketdi. Dunyoning ishlari g‘alati-da! Olamdagi maxluqlarning barisi bir-birining qilig‘ini o‘rganishga, birbirini ermak qilishga urinadi. Burun Mirgorodda sudya bilan shahar hokimigina qishda movut qoplangap kalta po‘stin kiyar edilar, boshqa mayda-chuyda amaldorlar teri po‘stin kiyardilar. Endi bo‘lsa, sud a’zosi ham, daha sudyasi ham barra teridan yangi po‘stin tikdirib, movut qoplatib olibdylar. Daftarchi bilan bo‘lus mirzasi ham burnoq yili ko‘k xitoy matonin» gazini ykki miridan olibdilar. Ponomar



3 из 46