
Chub uyidan chiqarkan, qotmadan kelgan, novcha, kalta po‘stin kiygan, mujiklar soqol qiradigan chalg‘i sinig‘i ikki haftadan beri betiga tegmaganidan soqoli o‘sib ketgan kishiga:
— Hali, og‘a, munshining yangi uyini ko‘rganim yo‘q, degin? Bugun u yerda yaxshigina mayxo‘rlik bo‘ladi! — dedi-da, og‘zi qulog‘iga yetkudek iljaydi. — Ishqilib kech qolmasak bo‘lgani…
Chub shunday deb, po‘stini ustidan mahkam bog‘lab olgan belbog‘ini rostladi, boshidagi telpagini bostirib kiydi, xira itlarning kushandasi bo‘lgan qamchini dastasini mahkamroq ushladi, lekin shu payt osmonga qa. rab to‘xtadi…
— Nima balo! Uni qara! Uni qara, Panas!..
Og‘aynisi: «Nima?» deb so‘radi-yu, u ham boshini ko‘tarib yuqoriga qaradi.
— Nimang nimasi, oy g‘oyib bo‘libdi.
— Nima balo bo‘ldi? Haqiqatan oy yo‘q-ku.
Chub, og‘aynisining beparvoligidai xafa bo‘lib.
— Hamma gap yo‘qligida-da, parvoyi palaksan-a, — dedi.
— Qo‘limdan nima kelardi!
Chub yengi bilan mo‘ylovini artarkan, gapini davom ztdirdi:
— Nonushtaga bir ryumka araq nasib qilmag‘ur qanday shayton aralashibdi-ya!.. Xuddi masxara qilganday-ya…. Uyda o‘tirganimda atayin oynadan qaraganidim! Juda yaxshi havo edi. Yep-yorug‘, qor oydinda yiltirar edi. Kuppa-kunduzidek hamma narsa ravshan ko‘rinib turuvdi. Eshikdan tashqariga chiqar-chiqmas olam" ni qorong‘ilik bosdi!
Chub javrarkan, munshinikiga boraymi, bormaymi deb anchagacha o‘ylanib turdi. Borib uyoqdan-buyoqdan hangoma qilib o‘tirgisi bor. Da’voshi bilan qal’alik hofiz allaqachon kelib o‘tirishgani aniq; har o‘n besh kun. da Poltavaga qatnab turadigan askiyachi moyfurush ham allaqachon borgandir.
