Oksanadek qiz qishloqda sira bo‘lmaganligi va bundan keyin ham bo‘lmasligi to‘g‘risida yigitlarning barisi yakdil edi. Oksana o‘zi haqidagi gaplarni eshitgan, bilganidan, o‘zini mag‘rur tutib, noz-karashma qilar edi. Agar tivit yubka, chit peshband kiymay, tuzukroq uzun ko‘ylak kiysa, hamma qizlarni yo‘lda qoldirib ketar edi. Yigitlar gala-gala bo‘lib uning ketidan yurishar, umidlari puchga chiqqach, boshqa, unchalik kekkaymaydigan qizlar bilan bo‘lib ketardilar. Bitta shu temirchi umidini uzmay, qizning ketidan o‘jarlik qilib yuraverardi. Qiz ro‘yxush bermasdan, boshqalarga qilgan muomalasini qilsa ham, u o‘z bilganidan qolmasdi.

Otasi chiqib ketgandan keyin, qalay gardishli kichkina oinaga qarab, anchagacha o‘ziga zeb berdi.

Uz-o‘zi bilan shunchaki gaplashmoqchi bo‘lib, parishonlik bilan aksiga qaragancha: «Odamlar mening nimamni maqtaydilar! Bekor aytadilar, ko‘hlik emasman!»— deb qo‘ydi. Ammo oynada ko‘ringan anordek yuz, undagi qora ko‘zlar, ko‘ngilga o‘t soluvchi ajabtovur chiroyln tabassum, buning teskarisidan dalolat qilardi. Go‘zal qiz qo‘lidan oynani qo‘ymay: «Qora qoshim va ko‘zimning dunyoda misli yo‘qmi? Qanqaygan burnimning nimasi yaxshi? Betimning, labimning nimasi yaxshi? Qora sochimni yaxshi deydilar!? Vaholanki, uni kechasi ko‘rgan odam qo‘rqib ketadi. Qora chag‘ir ilondek boshimni o‘rab, chulg‘ab olibdi. Endi bilsam, menda go‘zallikdan asar yo‘q!» deb, oynani nari surib qo‘ydi-da, qichqirdi: «Yo‘q, chiroyliman! Voy, qanday alomat husnim bor! Malakman! Menga uylangan yignt baxtli bo‘ladi! Erim husnimga qarab to‘ymaydi! Esiii yo‘qotib, o‘paverib o‘ldirib qo‘yar».

Ohistagina kirib kelgan temirchi sekin shivirladi:

— Ajoyib qiz! Maqtanishi ham hazilakammas! Bir soatdan beri o‘zini oynaga solib tomosha qiladi-yu, to‘ymaydi, tag‘in o‘zini-o‘zi maqtab ham qo‘yadi!

Zebo qiz nozlanib hanuz o‘z-o‘zi bilan gaplashardi:

— Hoy, yigitlar, sizga teigmanmi men, menga qarang, xiromon yurishimga boqing, ko‘ylagim qizil ipak matodan. Boshimdagi lentalarimni qarang! Bunday zarbop matolarni ko‘rmoq sizga umrbod nasib bo‘lmas! Qalligim yer yuzidagi eig mard yigit bo‘lsin, deb otam olib bergai bularni! — Jilmayib qayrilib yoniga qarashi bilan ko‘zi temirchiga tushdi.



6 из 46