
Qichqirib, xo‘mrayib yigitning ro‘parasida to‘xtadi.
Temirchi so‘rrayib, qo‘llari shalvirab turardi.
Go‘zal qizning qorachadan kelgan ko‘hlik yuzi qanday tuyg‘ularni izhor qilayotganini bilish qiyin edi. Uning chehrasida qahr bilan birga, o‘zini yo‘qotib qo‘ygan taqachini mayna qilish ham bor. Hafsalasi gshr bo‘lib yuzi sal qizarinqirab tovlandi. Bu uiing husnini shunday Ochdiki, ta’rifga sig‘may ketdi. Shu paytda temirchi uni million martaba o‘pib-o‘pib olmoqdan o‘zini zo‘rg‘a tutib qoldi.
— Nega kelding? — dedi gap boshlab Oksana. — Qo‘limga kurak olib haydaymi? Xo‘p usta bo‘libsiz-da hammangiz shilqimlikka! Otamiz uyda yo‘qligini darrov fahmlay qolasiz. Sizdaqalarni yaxshi bilaman! Sandig‘im bitdimi?
— Jonim, bitib qoldi, hayitdan keyin bitadi. Qancha ovora bo‘lganimni bilsang edi! Ikki kecha ustaxonanamdan chiqmadim. Ammo birorta ham rohibning qizida yo‘q sandiq qilib beraman-da! Qoplamasiga shunday temir qildimki, Poltavaga ishlagani borganimda yuzboshining aravasiga ham bunday asil temir qoplamagan edim. Naqshini shunday chiroyli yasayapmanki! Oppoq oyoging bilan butun yurtni aylanib chiqsang ham bundayini topolmaysan! Atrofida qizil, ko‘k rangdagi gullar bo‘ladi. Menga jabr qilma! Birpas gaplashib o‘tirishga, husningni tomosha qilishga ruxsat et!
— Kim senga yo‘q dedi, gaplashaver, tomosha qilaver!
Qiz kursiga o‘tirib yana oynaga boqdi, o‘ziga oro berib, sochini tuzatdi. Bo‘yniga, ipak gul solib tikilgan ko‘ylagiga qarab qo‘yganida, la’l labida, anordek betida, sha lo ko‘zida o‘zidan zavqlanish zohir bo‘ldi.
— Yeningda men ham o‘tirsam maylimi? — dedi temirchi.
